Skip to Content
v2.0QA Compass 2.0 reliz qilindi! Yangilangan Veb-soketlar va Test Metrikalari bilan tanishing →
Qo‘llanmaISTQB Foundation (CTFL v4.0)6. Sinov Vositalari (Test Tools)

6-bob: Sinov Vositalari (Test Tools)

Dasturiy ta’minotni sinash jarayonida qo’lda bajariladigan ishlarni yengillashtirish, unumdorlikni oshirish va sinov aniqligini ta’minlash maqsadida turli dasturiy vositalardan foydalaniladi.

ISTQB sillabusining 6-bobi sinov vositalarining tasnifi, avtomatlashtirishning afzalliklari va xatarlari hamda yangi vositalarni jamoaga joriy etish tamoyillarini bayon qiladi.


6.1. Sinov Vositalarining Tasnifi (Classification of Test Tools)

Sinov vositalari qaysi faoliyatni qo’llab-quvvatlashiga qarab guruhlanadi:

  1. Sinov va Nuqsonlarni Boshqarish Vositalari (Management Tools):
    • Test-keyslar bazasini yuritish va natijalarni hisobot qilish (TestRail, Qase, Zephyr, Jira);
    • Nuqsonlarni ro’yxatga olish va kuzatish (Jira, Bugzilla).
  2. Statik Sinov Vositalari (Static Testing Tools):
    • Kod sintaksisi va standartlarini tekshirish (ESLint, SonarQube);
    • Qamrov va murakkablik tahlilchilari.
  3. Testni Bajarish va Avtomatlashtirish Vositalari (Test Execution Tools):
    • Veb interfeyslarni avtomatlashtirish (Playwright, Selenium WebDriver, Cypress);
    • API sinov vositalari (Postman, REST Assured);
    • Mobil ilovalar sinovi (Appium).
  4. Unumdorlik va Maxsus Sinov Vositalari (Performance & Security Tools):
    • Yuklama va stress sinovlari (Apache JMeter, k6, Gatling);
    • Xavfsizlik skanerlari (OWASP ZAP, Burp Suite).

6.2. Testlarni Avtomatlashtirishning Foydalari va Xatarlari

Avtomatlashtirish sinovchilarning ishini o’rnini to’liq bosmaydi, balki ularga ko’maklashadi.

Afzalliklari (Benefits)Potensial Xatarlari (Risks)
Vaqtni tejash: Takroriy regressiya testlarini soniyalar ichida bajarishKatta boshlang’ich xarajat: Vositalar litsenziyasi va skript yozishga ko’p vaqt ketishi
Inson omilini kamaytirish: Charchoq yoki e’tiborsizlik oqibatidagi xatolarning oldini olishQo’llab-quvvatlash yuki: Interfeys yoki talablar o’zgarganda test kodlarini doimiy yangilash zarurati
Muttasil integratsiya (CI/CD): Har bir yangi kod commit qilinganda avtomatik sinov o’tkazishNoto’g’ri kutishlar: Rahbariyat avtomatlashtirish barcha xatolarni o’zi topadi deb o’ylashi

6.3. Yangi Vositalarni Joriy Qilish Bosqichlari

Yangi sinov vositasini tashkilotga olib kirishda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi zarur:

Eslatma: Yangi vositani hech qachon birdaniga butun tashkilot bo’ylab joriy qilib bo’lmaydi. Har doim avval Pilot Project (Tajriba loyihasi) orqali vositaning mavjud ekotizim bilan integratsiyasi tekshirilishi lozim.

Oxirgi yangilanish: