Skip to Content
v2.0QA Compass 2.0 reliz qilindi! Yangilangan Veb-soketlar va Test Metrikalari bilan tanishing →
Qo‘llanmaTest Hujjatlari (Artifacts & RTM)Test Ssenariysi (Test Scenario)

Test Ssenariysi (Test Scenario)

Test Ssenariysi (Test Scenario) — dasturiy ta’minotning qaysi funksiyasi, moduli yoki xususiyatini tekshirish lozimligini yuqori darajada belgilab beruvchi qisqa, bir satrli test vazifasidir.

U har doim bitta asosiy savolga javob beradi:

“Nimani tekshirish kerak?” (“What to test?”)

Test ssenariylari loyihaning boshlang’ich tahlil bosqichida biznes talablar, foydalanuvchi tarixlari (User Stories) yoki foydalanish holatlari (Use Cases) asosida ishlab chiqiladi va keyinchalik batafsil Test Keyslar (Test Cases) uchun asos bo’lib xizmat qiladi.


1. Test Ssenariysi Qanday Tuziladi?

Test ssenariysi odatda “Tekshirish…”, “Sinash…” (“Verify that…”, “Check…”) so’zlari bilan boshlanadi va biznes logikasini aniq ifodalaydi.

Bitta Test Ssenariysi o’z ichiga bir nechta batafsil Test Keyslarni (ijobiy, salbiy va chegaraviy holatlarni) birlashtirishi mumkin (1-to-Many bog’liqligi).


2. Test Ssenariylariga Amaliy Misollar

Quyida turli sohalar bo’yicha namunaviy Test Ssenariylari keltirilgan:

1. Elektron Tijorat (E-Commerce) Tizimi:

  • TS_01: Yangi foydalanuvchining elektron pochta orqali muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tishini tekshirish.
  • TS_02: Mahsulotni qidiruv satri orqali nom bo’yicha topish imkoniyatini tekshirish.
  • TS_03: Savatga tovar qo’shish va tovarlar sonini o’zgartirishni tekshirish.
  • TS_04: Humo/Uzcard kartasi orqali to’lovni muvaffaqiyatli amalga oshirishni tekshirish.
  • TS_05: Promokod qo’llanilganda narxning to’g’ri kamayishini tekshirish.

2. Bank Mobil Ilovasi:

  • TS_06: Kartadan kartaga pul o’tkazish (P2P) funksiyasini tekshirish.
  • TS_07: Balans yetarli bo’lmaganda o’tkazma rad etilishini tekshirish.
  • TS_08: Biometrik autentifikatsiya (Face ID / Touch ID) orqali ilovaga tezkor kirishni tekshirish.

3. Qachon Test Ssenariysi Yozish Yetarli Bo’ladi?

Batafsil Test Keyslar yozish ko’p vaqt va resurs talab qiladi. Ayrim hollarda faqat Test Ssenariylari bilan cheklanish maqsadga muvofiqdir:

  1. Agile va vaqt cheklovlari: Sprint muddati juda qisqa bo’lib, har bir qadamni batafsil yozishga vaqt bo’lmaganda;
  2. Tajribali jamoa: Sinovchilar dasturni va biznes sohani chuqur bilishsa, ularga qadamlarni birma-bir ko’rsatish shart emas;
  3. Erta bosqichlar (Tadqiqotchi sinov — Exploratory Testing): Sinovchi yuqori darajadagi ssenariy asosida erkin harakatlanadi;
  4. Loyiha prototiplari: Talablar har kuni o’zgarib turgan boshlang’ich fazalarda.

4. Test Ssenariysi va Test Keys Taqqoslovi

XususiyatTest Ssenariysi (Test Scenario)Test Keys (Test Case)
Savoli“Nimani tekshirish kerak?”“Qanday qilib tekshirish kerak?”
TafsilotiBir qatorda umumiy yo’nalishQadamma-qadam, kiruvchi ma’lumotlar va kutilgan natija bilan
Tayyorlash vaqtiTez (bir necha daqiqa)Ko’p vaqt talab qiladi
Bog’liqlik darajasi1 ta ssenariy = Ko’plab test keyslarMuayyan ssenariyning bitta aniq shoxobchasi
Misol“Parolni tiklash funksiyasini tekshirish”“Havolani bosish, yangi 8 xonali parol kiritish va saqlash tugmasini bosish”
Oxirgi yangilanish: