Test Hisobotlari Turlari (Types of Test Reports)
Test Hisoboti (Test Report) — sinov faoliyati davomida erishilgan natijalar, o’tkazilgan testlar hajmi, aniqlangan xatoliklar statistikasi va dasturiy mahsulotning umumiy sifat holatini manfaatdor tomonlarga (stakeholders: Product Owner, PM, QA Lead, mijozlar) yetkazuvchi rasmiy tahliliy hujjatdir.
Sifatli test hisoboti loyiha rahbariyatiga dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishga (Production / Release) chiqarish yoki relizni kechiktirish bo’yicha asosli qaror qabul qilish imkonini beradi.
1. Test Hisobotlarining Asosiy Turlari
Sinov bosqichining davomiyligi va auditoriyaga qarab quyidagi test hisobotlari qo’llaniladi:
1. Kunlik Test Hisoboti (Daily Status Report — DSR)
- Maqsadi: Bugungi kunda qilingan ishlar, topilgan xatolar va jamoa duch kelayotgan to’siqlarni (Blockers) ko’rsatish;
- Kimga: QA Lead, Scrum Master, Loyiha Menejeri;
- Mazmuni:
- Bugun bajarilgan test keyslar soni;
- Bugun ochilgan va yopilgan xatolar;
- Ertaga rejalashtirilgan ishlar;
- To’siqlar (masalan: Staging server ishlamay qoldi).
2. Haftalik Test Hisoboti (Weekly Status Report — WSR)
- Maqsadi: Butun hafta yoki sprint davomida sifat dinamikasi qanday o’zgarganini umumlashtirish;
- Kimga: Loyiha Menejerlari va Bo’lim Boshliqlari;
- Mazmuni:
- Hafta davomida o’tkazilgan testlar foizi;
- Xatolarning jiddiyligi (Severity) bo’yicha taqsimoti;
- Rejadan ortda qolish yoki reja bo’yicha ketayotganlik holati.
3. Test Ijrosi Hisoboti (Test Execution Report)
- Maqsadi: Aniq bir test to’plami (Test Suite yoki Test Run) natijalarini ko’rsatish;
- Odatda avtomatlashtirilgan test asboblari (Allure Report, ExtentReports, Playwright HTML Report) yoki TestRail tizimi tomonidan avtomatik generatsiya qilinadi;
- Qaysi testlar o’tdi (Passed), qaysilari yiqildi (Failed), yiqilish sabablari, xatolik skrinshotlari va ijro vaqti (Execution Time) grafiklar bilan aks etadi.
4. Test Yakuniy Xulosa Hisoboti (Test Summary / Closure Report)
- Eng muhim va rasmiy hujjat!
- Butun loyiha yoki yirik reliz yakunlanganda tuziladi.
- Loyiha rahbariyati ushbu hisobotga qarab “Go / No-Go” (Mahsulotni reliz qilish yoki qilmaslik) qarorini qabul qiladi.
2. Test Yakuniy Xulosa Hisoboti Tuzilishi (IEEE 829 Standarti)
To’liq Test Summary Report quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga oladi:
- Hujjat haqida ma’lumot: Loyiha nomi, reliz versiyasi, hisobot sanasi va muallif;
- Qisqacha xulosa (Executive Summary): Rahbariyat uchun 1 abzatsda umumiy xulosa;
- Sinov qamrovi (Scope): Nimalar to’liq sinovdan o’tdi va nimalar qamrab olinmadi;
- Test ijrosi statistikasi:
- Jami rejalashtirilgan testlar:
250 - Bajarilgan testlar:
248(99.2%) - Muvaffaqiyatli (Passed):
238(96%) - Yiqilgan (Failed):
10(4%) - Bloklangan (Blocked):
2
- Jami rejalashtirilgan testlar:
- Defektlar statistikasi:
- Jami topilgan nuqsonlar:
45 - Tuzatilgan va yopilgan:
42 - Ochiq qolgan nuqsonlar:
3(Faqat Minor va Trivial darajadagi) - Blocker va Critical ochiq nuqsonlar soni:
0
- Jami topilgan nuqsonlar:
- Chiqish mezonlarining (Exit Criteria) bajarilishi: Test rejada belgilangan barcha shartlar bajarildimi?
- Xatarlar va Tavsiyalar: Masalan: “Ilova relizga tayyor, biroq keyingi yangilanishda keshni tozalash mexanizmini yaxshilash tavsiya etiladi”.
- Yakuniy qaror (Verdict): Tavsiya etiladi (Accepted for Release).
Oxirgi yangilanish: